<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Umida Gaipova</author>
<title>Egam maskanda Yashovchi</title>
<lyrics>[C1]
   Ey Egam, kim yashaydi Sening maskaningda?
   Kim makon topadi Sening muqaddas togʻingda?

[V1]
 Toʻgʻri yurib, toʻgʻri ish qilganlar yashaydi,
 Yurakdan haq gapni aytganlar yashaydi.
 Boshqalarga boʻhton qilmaganlar yashaydi,

[C2]
   Ey Egam, kim yashaydi Sening maskaningda?
   Kim makon topadi Sening muqaddas togʻingda?

[V2]
 Doʻstlariga yomonlik qilmaganlar yashaydi,
 Qoʻshnilarini haqorat qilmaganlar yashaydi.
 Razil kimsalardan nafratlanganlar yashaydi,

[B1]
   Ey Egam, Sendan qoʻrqqanlarni izzatlaganlar yashaydi,
   Oʻziga zarar boʻlsa ham, ahdida turganlar yashaydi.
   Sendan qoʻrqqanlarni izzatlaganlar yashaydi
   Oʻziga zarar boʻlsa ham, ahdida turganlar yashaydi.

[V3]
 Qarz berib sudxoʻrlik qilmaganlar yashaydi.
 Aybsizga qarshi pora olmaganlar yashaydi.
 Bularni qilganlar tinch-omon boʻladi.</lyrics>
</song>